Ekspozitsiyadan oʻrin olgan 80 ga yaqin rangtasvir va grafik yoʻnalishdagi ijod namunalarida Buxoro, Xivaning jahon eʼtiboriga tushgan tarixiy binolari, Toshkent shahridagi tarixga aylanib borayotgan mahallalarning eski koʻrinishlari, ular oʻrniga qurilgan koʻp qavatli binolar, yozning turli mevalar, poliz ekinlari, turmush tarzimizdan lavhalar, betakror tabiat manzaralari, hayot charxpalagining ramziy ifodasi kishini mushohadaga chorlaydi.
Rassom 1960-yilda tugʻilgan. Toshkentda musiqa va rassomlik internatida, P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, Xarkov Badiiy sanʼat institutida oʻqigan.
Ijod namunalarini qator xorijiy mamlakatlardagi shaxsiy toʻplamlarda, Oʻzbekiston muzeylari, koʻrgazmalar direksiyasi fondida, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida uchratish mumkin.
Hasan Abdunazarov