Oʻquv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

    Ta'lim 3 Iyul 2023 1466

    Oʻquv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlangani haqida xabar berildi.

    Talabgorlar 10-iyulga qadar «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatidan foydalanishlari mumkin.

    Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

    • bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;
    • zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlashga.

    Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

    2 yilga moʻljallangan biznes reja;

    • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʻgʻrisida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari;
    • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
    • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
    • taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).

    Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.