Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

    Ta'lim 11 May 2023 1582

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-150-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

    Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

    Ushbu musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.