Holat boʻyicha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.
Aniqlanishicha, shu yilning 4-sentyabr kuni soliq inspeksiyasining Ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibidan Nurmanov Roʻzmamat Norqobilovich va Xazratqulov Bobur Asatullayevichlar tumandagi 14-sonli oʻrta maktab borib, 3-sinf oʻquvchilariga jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan mol-mulk va yer soliqlari haqida eslatmalarni ota-onalariga yetkazish uchun tarqatishgan.
Inspeksiya rahbariyati tomonidan ushbu xodimlarga eslatmani aynan maktab hududida tarqatish haqida topshiriq berilmagan.
Xodimlar maktab oʻqituvchisi bilan kelishib, sinf xonaga kirgan holda oʻquvchilarga eslatmalarni tarqatishgan. Holat sinf rahbari tomonidan video tasvirga olinib, sinf oʻquvchilari ota-onalarining telegramdagi guruhiga tashlab yuborilgan. Natijada ushbu video tasvir ijtimoiy tarmoqlarga salbiy talqinda tarqalib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Raximqulov rasmiy ogohlantirish berildi.
Xodimlar R.Nurmanov va B.Xazratqulovlar tomonidan yoʻl qoʻygan xatolari uchun ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi tomonidan oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda barcha shahar va tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.