Mazkur maktabni innovasion rivojlanish vaziri o'rinbosari Azimjon Nazarov otaliqqa olgan bo'lib, ushbu ilm dargohining rahbariyati va o'qituvchilari bilan yaqindan hamkorlik o'rnatilgan.

Tadbir davomida Azimjon Nazarov o'zining hayoti davomida amalga oshirilgan ishlari, tajribasi va o'quvchilarga tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi. Savol-javoblar asosida viktorinalar o'tkazilib, faol ishtirok etgan o'quvchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.

O'quvchilar mamlakatimizda innovasion rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, robototexnika bo'yicha mahorat darslari, vazirlik binosi bo'yicha ekskurksiya tashkil etildi. Tadbir yakunida o'quvchilarning taklif va mulohazalari, qiziqishlari tinglandi. Kelajakda yoshlarning innovasion g'oyalari va tashabbuslarini joriy etish bo'yicha tavsiya va maslahatlar berildi.