O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash loyiha ishlari orqali shakllantiriladi

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 23-24 mart kunlari “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar tashkil etildi.

    Unda butun Respublika bo‘ylab matematika va ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

    Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.
    Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

    Treninglarning uchinchi bosqichda mahalliy trenerlar tomonidan tuman (shahar) umumta’lim maktablarining pedagoglarini qamrab olgan holda bir martalik joriy yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
    - Prezident maktablarining ilg‘or tajribasi bilan bo‘lishish,
    - zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
    - ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish,
    - o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

    Mazkur treninglar Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan jami 14 ta Prezident maktabida bo‘lib o‘tadi.

    Ushbu trening "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yilida mamlakatimizdagi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘qitishda yangi metodikalarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish yo‘lidagi yana bir qadamdir.