Aniqlanishicha, holat Oltinkoʻl tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʻlib, 8-sinf oʻquvchisi Q.M. (oʻgʻil bola) sinf xonada pirotexnika vositalaridan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori goʻyoki tarbiyaviy maqsadda Q.M. ni va sinfdagi boshqa bir necha bolalarni kaltaklagan.
Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat oʻrganildi.
Mazkur holatda maktab direktori M.M oʻquvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda boʻlmagani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilayotir.