Buning uchun oʻquvchiga maktab dargohida faqat ilm oʻrgatishning oʻzi kamlik qiladi, albatta.
Darhaqiqat,teatr sintez sanʼati boʻlib,jamiyat hayotida tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi.Ana shu sababli ham jadidlarimiz xalqni gʻaflat uyqusidan uygʻotishda ana shu vositadan samarali foydalanishgan edi.
Biz ham sinfdan tashqari ishlar ,yaʼni teatr toʻgaraklariga alohida eʼtibor berishimiz, oʻquvchilarning isteʼdodini aniqlab,loqayd oʻquvchilarimizni harakatga keltirishimiz,eng muhimi jamiyatga qoʻshishimiz zarur.Bejizga, maʼrifaparvar jadid bobolarimizdan biri Mahmudxoʻja Behbudiy ,,teatr -ibratxonadirʼʼ,-deb yozmagan edi.Buning zamirida qanchadan qancha maʼno mujassam..Birgina teatr sanʼatining oʻzi dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat,raqs, meʼmorchilik sohalari bilan bogʻlangan boʻlib,oʻquvchini nutq madaniyatini ham shakllanishida alohida ahamiyatga ega.Teatr insonlarni turli qiyin vaziyatlarda oʻzini qanday tutishlarini,doʻst tanlashda,oilaga sadoqat koʻrsatishda nechogʻlik hikmatlar borligini oʻziningizga koʻrsatuvchi koʻzgudir.
Oʻzbekiston Respublikasi 1-prezidentining 1998-yil 26-martda eʼlon qilingan,, Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida''gi farmoni va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining shu asosda qabul qilingan,, Oʻzbek teatr ʼʼ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidaʼʼgi qarori teatr sanʼati strategiyasini va ahamiyatini belgilab bergan edi.
Mana,teatr paydo boʻlganiga necha asrlar boʻlgan boʻlsada,uning insoniyat hayotidagi oʻrni yuksak pogʻonaga chiqib bormoqda.Bunga birgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi P.Q 112-sonqarori ,yaʼni ,,Turonʼʼ maktab teatri respublika tanlovining tashkil etilishining oʻzi ham teatrning,sahna madaniyatining muhim ekanligini isbotlab turibdi.
Oʻylaymanki, sahnaga mehr qoʻygan,teatrni sevgan hech bir oʻquvchidan yomonlik chiqmaydi.Teatr har bir insonning qalbida ezgulik urugʻlarini unduruvchi sehrli maskandir.
Xolisxon Shamsiyeva,
pedagog