Aniqlanishicha, ushbu holat 2024-yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidan oʻtgan avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi, temir yoʻl ustidan oʻtgan koʻprikning foydalanishga topshirilishi marosimida kuzatilgan.
Marosimga Denov tumanidagi 14- va 16-musiqa maktablarining oʻquvchilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar oʻgʻil bola) ob-havo sovuq boʻlishiga qaramay, tumanning Madaniyat boshqarmasi topshirigʻiga binoan yengil bayramona kiyimlarini kiygan holda jalb qilingan.
Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bolalarning sogʻligini xavf ostiga qoʻygan masʼullarga tegishli chora koʻrish va bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
Taqdimnoma Madaniyat vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilib, bolalarning sogʻligini xavf ostiga qoʻyilgani yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanildi.
Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlariga takroran yoʻl qoʻymaslik, oʻquvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qatʼiyan taqiqlash choralarini koʻrishga oid koʻrsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi.