Temir moddasi muhim element hisoblanib, qon hujayralariga kislorodni yetkazishga yordam beradi.  

Charchoq, yurak urishida oʻzgarishlar, nafas qisilishi va diqqatni jamlashda qiyinchilik, rangparlik, uyquchanlik, ishtahaning yoʻqolishi temir tanqisligi hamda kamqonlikning dastlabki alomatlari boʻlishi mumkin.

Platformada har bir oʻquvchining kunlik ratsioni tarkibidagi gemli (organik) temirni kimyoviy tarkibi hisoblanib, xulosalar bayon qilinadi.  Bu bilan esa har bir oʻquvchining sogʻligʻi haqida toʻliq malumotga ega boʻlish mumkin. 

Shuningdek, platformada toʻgʻri ovqatlanish va gemli temirning foydali jihatlari haqidagi videolar joylangan. 

Dastur Intellektual mulk agentligi tomonidan   roʻyxatdan oʻtkazilib, maxsus guvohnoma bilan muhofazaga olindi.