Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat taxminan 13:30 larda Urgut tumani 61-maktabning 6-sinfda dars oʻtayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi koridorda direktorning ovozini eshitgach, bolalar darsga quloq solmasdan pirotexnika vositalarini portlatayotganligidan shikoyat qiladi.

Direktor sinf xonaga kirib soʻrab oʻtirmasdan shu sinf oʻquvchisi D.H ni doʻpposlab ketadi.

Guvohlarning taʼkidlashicha, jabrlanuvchi sinfdagi bezorilikda ishtirok etmagan. Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi har qanday holatda ham oʻqituvchilarni oʻquvchilarga boʻlgan agressiv munosabatlarini qoralaydi.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, Urgut tumanidagi 61- umumtaʼlim maktabining direktori B.R. Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining tegishli buyrugʻiga asosan lavozimidan ozod etildi.