SpaceXning Starlink internet sun'iy yo'ldoshlaridan biri 17-dekabr kuni orbital anomaliyaga duch keldi va Yerga qulab tushmoqda. Bu haqda Space.com xabar berdi.
Hodisa oqibatida 418 kilometr balandlikda bo'lgan Starlink sun'iy yo'ldoshi bilan aloqa uzildi.
Sun'iy yo'ldoshning yonilg'i baki portlagan yoki boshqacha tarzda zarar ko'rgan bo'lishi mumkin, buning oqibatida ma'lum miqdorda qoldiqlar ajralib chiqdi. SpaceX vayronalarni kuzatish uchun NASA va AQSh koinot kuchlari bilan hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi korrespondent.net.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, sun'iy yo'ldosh katta ehtimol bilan buzilmagan va qulab tushmoqda va bir necha hafta ichida Yer atmosferasiga kirib, u yerda butunlay yonib ketadi.
“Hozirgi traektoriyasiga ko'ra, sun'iy yo'ldosh Xalqaro koinot stantsiya ostidan o'tadi va orbital laboratoriya yoki uning ekipaji uchun hech qanday xavf tug'dirmaydi”, dedi Starlink vakillari.