Toshqin zonasidan 786 kishi, jumladan, 35 nafar bola evakuatsiya qilindi. “Orbita” dam olish markazi va 11-sonli maktabdagi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 30 kishi, jumladan, 11 nafar voyaga yetmaganlar bor”, deyiladi shahar hokimligi xabarida.
Qutqaruv ishlariga 205 kishi, 89 ta texnika, 15 ta suv vositalari jalb etilgan.
Orenburg yaqinidagi Ural daryosidagi suv sathi bir sutkada 16 santimetrga oshib, 872 santimetrga yetdi, deb xabar beradi tass.ru.