Bu haqda Orenburg rahbarining birinchi o'rinbosari Aleksey Kudinov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Unga ko'ra, suv sathi bir metrdan oshgan.
“Suv sathi ko'tarilmoqda, hozir esa biz suv sathi 1120 santimetrga ko'tarilganini ko'rmoqdamiz. Bir kecha-kunduzda yana 900 ta tomorqa va 361 ta uy suv ostida qoldi”, dedi u.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi Orenburg viloyatidagi suv toshqini keltirgan zararni baholagan edi. Hisob-kitoblariga ko'ra, hududdagi suv toshqini oqibatida uy-joylarga yetgan umumiy zarar 227 million dollardan oshishi mumkin, deb xabar beradi report.az.