Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 729-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuriga oʻtkazilganligi munosabati bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
  • Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni yangi tahrirda bayon etish;
  • Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasini tasdiqlash.

Shuningdek, qarorga koʻra yangi tahrirda bayon etilgan «Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida«gi texnik reglament 2025-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirishi belgilandi.