— Inson tanasida emlangandan soʻng qanday oʻzgarish boʻlganini bilish uchun emlanishga qadar antitanachalar titrini aniqlash oʻtkazilishi mumkin.

Bu kabi tekshiruvni ixtiyoriy ravishda fuqarolarning oʻzlari yoki vaksinalarning 3-bosqich klinik tadqiqotlarida ishtirok etayotgan davrda oʻtkazsa boʻladi.

Maʼlumki, bugungi kunda “COVID-19” bilan kasallangan odamlar organizmida antitanachalar bir necha oy saqlanishi tasdiqlangan. Bunday holatlarda antitanachalar yuqoriligi immun himoyangiz borligini bildiradi. Biroq agar vaksina olsangiz, organizmda antitanachalar titrini yana-da oshiradigan immun jarayon kuzatilishini va immun himoyangiz mustahkamlanishini taʼminlaysiz.

Aksincha, vaksina olmasangiz, keyinchalik shu antitanachalar titri meʼyor darajasidan pastga tushib, organizmingiz himoyasiz qolishi va shu vaqtda vaksinaga ehtiyoj tugʻilishi mumkin.

Bu degani, bemorlar bilan niqoblarsiz va oʻzaro masofa saqlamasdan muloqotda boʻlinganda, infeksiya organizmga tushishi va kasallik chaqirishi mumkin. Shu bois, siz immun hujayralar, yaʼni antitanachalar miqdorini aniqlaganingizda ham, ularni nazorat qilib turishingiz, koronavirusdan himoyalanishda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishingiz va imkon qadar oʻz vaqtida vaksina olishingiz talab etiladi.