Bunday holatda togʻaylar oʻz egiluvchanligini yoʻqotadi. Organizmda kalsiyga ehtiyod seziladi. Xoʻsh, qaysi mahsulotlar tarkibida ushbu makroelement bor? Shifokor terapevt Dilbar Alimova shu xususda soʻz yuritadi:
Bitta tuxum qobigʻida 2 gramm kalsiy bor. Uning vazni taxminan 5 grammni tashkil qiladi va maydalanganida, bir choy qoshiq sigʻimiga toʻgʻri keladi.
Barcha sut mahsulotlari orasida kalsiy miqdori boʻyicha yetakchi parmezan pishlogʻidir. 100 g mahsulot tarkibida 1 184 mg kalsiy mavjud va bu kunlik talabdan koʻproq.
Kunjut oʻsimlik manbalari orasida kalsiy miqdori boʻyicha mutlaq yetakchidir. 100 g kunjut tarkibida 975 mg kalsiy va 17,7 g oqsil mavjud.
Konservalangan sardiniya suyaklari bilan isteʼmol qilinadi, shuning uchun ular tarkibida kalsiy koʻp: 100 g mahsulot uchun 382 mg. Ular tarkibida 24,6 gramm oqsil va 6,8 mkg D vitamini (kunlik meʼyorning 68 foizi) mavjud. Sardiniya tarkibidagi kalsiy kunjutga qaraganda ancha kam boʻlsa-da, D vitamini tufayli u yaxshiroq soʻriladi.
100 g bodom tarkibida 216 mg kalsiy va 21,9 g oqsil mavjud. Yongʻoq tarkibida fitin kislotasi koʻp, ammo siz bodomni ovqatdan oldin 12 soat davomida suvda saqlash orqali uning miqdorini kamaytirishingiz mumkin.