Noto'g'ri utilizatsiya qilingan plastmassalar juda kichik zarrachalarga aylanadi, keyinchalik ular suvda, oziq-ovqatda, odamlar va hayvonlarning qonida to'planadi. Mutaxassislar mikro- va nanoplastiklarning Parkinson kasalligini rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini ma'lum qildi.
Olimlar uch xil modeldan (probirkalar, nerv hujayralari va Parkinson kasalligiga chalingan sichqonlar) foydalanib, polistirol nanozarrachalari kasallik bilan bog'liq oqsil alfa-sinukleinning to'planishiga yordam berishini ko'rsatdi. Odatda bir marta ishlatiladigan stakan va plastmassa idishlar ishlab chiqarishda polistiroldan foydalaniladi, deb xabar beradi lenta.ru.









