Tadbir davomida oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi “MERCEDES BENZ SPRINTER” rusumli boʻlgan avtotransport vositasi toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Avtoulov old oʻridigʻi ostiga yashirilgan, tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati salkam 570 mln. soʻmlik uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.