Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. Oqdaryo tumanidagi oʻrmon xoʻjaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini fuqaro R.T.ga 25 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.