Mablagʻ va muddat talab qiluvchi murojaatlar “Yoʻl xarita”larga kiritilib, ularning hal qilinishi nazoratga olingan.

Sohalar kesimida tahlil qilinsa, eng koʻp 3907 ta murojaat mexnat va aӽoli bandligi sohasiga oiddir. Kommunal soxasi boʻyicha 2262 ta, 980 ta uy joy xoʻjalik masalasi boʻyicha, bandlik kredit yoʻnalishida 725 ta, ijtimoiy taʼminot bilan bogʻliq 414 ta murojaat kelib tushgan.

2020-yilda Orolboʻyida oʻtkazilgan ommaviy qabullarda qariyb 13,7 ming murojaatning 9,1 mingdan ortigʻi hal qilingan. Uyma-uy yurish orqali aniqlangan muammolar xam hal etilib, muddat va mablagʻ talab qiladiganlarining ijrosi nazoratga olingan.

Fikrimizni aniq misollar bilan davom ettiramiz.

Chimboy tumani “Tozajol” qishlogʻidagi 13-sonli maktab filialining 1980-yil qurilgan eski-yu pastqam binosida dars oʻtish uchun ham, taʼlim olish uchun ham mutlaqo sharoit yoʻq edi. Mahalliy aholi murojaatlaridan soʻng bu masala avval tumani 1-sektorining “yoʻl xaritasi”ga, soʻng mahalliy dasturga kiritildi. Ayni paytda bu yerda maktab filialining yangi binosi qad rostlamoqda.

Xuddi shu mavzuda Chimboydan yana bir misol: tumandagi “Baxtli” ovul fuqarolar yigʻini hududida “Arshan” qishlogʻi bor. Qishloqdagi 27-sonli maktab filiali binosi eski, avariya holatiga kelib qolgan edi. Aholining bu boradagi murojaati ham Xalq qabulxonasi va sektorlar hamkorligida hal qilindi. Dastur doirasida maktab filialining yangi binosi qurilib, jihozlandi.

Qoraoʻzak tumanidagi “Irgʻaqli”, “Sayman”, “Postam” va “Daoʻitkoʻl” qishloqlari aholisi tuman markazi va Nukus shahriga borish uchun “Yesim” kanali ustidan oʻtgan koʻprikdan foydalanar edi. Koʻprik esa yarim asr oldin barpo etilgan, avariya holatiga kelib qolgan edi. Aholi murojaatlari asosida Xalq qabulxonasi tuman 1-sektori rahbari bilan bu muammoni oʻrgangach, masalani hal qilish sektorning “yoʻl xaritasi”ga kiritildi. Qisqa vaqtda kerakli mablagʻ izlab topilib, koʻprikni taʼmirlashga kirishildi.Insonlarning yangi biznes gʻoyalarini roʻyobga chiqarishda ham Xalq qabulxonalari tadbirkorlarning eng yaqin koʻmakchisiga aylangan. Deylik, Qoraoʻzak tumani “Allayar Dosnazarov” mahallasida yashovchi Nasiba Turdimurodova goʻzallik saloni va tikuvchiliv faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida amaliy yordam soʻrsab Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. Uning murojaati 2-sektor bilan birga koʻrib chiqilib, ishbilarmon ayolga hududdagi boʻsh turgan imorat nol balansda foydalanishga berildi

Xoʻjayli tumanidagi “Samankoʻl” mahallasi aholisini ichimlik suvi muammosi anchadan beri qiynab kelardi. Murojaatlardan soʻng bu borada ham loyiha ishlab chiqildi. “Qoraqalpoqsuvtaʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 km. ichimlik suv tarmogʻi tortilib, “Samankoʻl” mahallasidagi 110 ta xonadon obi hayot bilan taʼminlandi.

Xoʻjaylilik tadbirkor Timur Qurbaniyazov ancha yildan buyon gulchilik bilan shugʻullanadi. Tadbirkor oʻz faoliyatini yana-da kengaytirish uchun qoʻshimcha yer olishda qator qiyinchiliklarga duch keldi. Soʻng Xoʻjayli tumanidagi Xalq qabulxonasiga shu masalada murojaat qilgach, tuman hokimligi unga “Janqoʻngʻirot” mahallasidagi qarovsiz yotgan 2 gektardan ziyod yer ajratdi. Tadbirkor bu yerda issiqxona tashkil etadigan boʻldi.

Qonlikul tumanidagi Xalq qabulxonasi va 2-sektor rahbarining “Janaqalʼa” mahallasidagi uyma-uy oʻrganishlari davomida shu qishloqdagi Habibulla Xolmurodov oilasi avariya holatidagi kulbada yashayotgani aniqlangan edi. Oila boshligʻining oʻzi ham, turmush oʻrtogʻi ham 2-guruh nogironi, roʻzgʻorini amallab tebratib turgan oila uyini taʼmirlashga imkon qilolmasligi tabiiy edi. Oʻrganishlardan soʻng masʼullar ijtimoiy himoyaga muhtoj bu oilaga ichki imkoniyatlar hisobidan 5 xonali yangi uy qurib berishdi.

Bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin. Prezident Xalq qabulxonalari murojaatlarning qonuniy, xolis va adolatli koʻrib chiqilishini taʼminlayotgani, har bir masalaga yechim topish qatʼiy nazorat qilib borilayotgani real hayotda oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Hal boʻlayotgan murojaatlar ortida esa insonlarning hayotdan roziligi mujassam.