Unda Malayziya tomoniga davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, markazning Xitoy, Yaponiya va Germaniya singari mamlakatlarning ekologik muammolar yechimiga ixtisoslashgan nufuzli tadqiqot institutlari bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.

MGTC vakillari ham korporatsiyaning faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. Xususan, iqlim o‘zgarishini oldini olish borasida qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalarni joriy etish, dengiz va oqava suvlarni tuzsizlantirish hamda ulardan foydalanish tajribasi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Malayziya tomoni o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirib, o‘zbek tomonini joriy yil 4-6 oktyabr kunlari ushbu mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro yashil texnologiyalar va ekologik mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilning iyun-avgust oylarida tomonlar o‘rtasida qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalarni joriy etish hamda Orolbo‘yi mintaqasidagi suv taʼminoti va sifatidan kelib chiqib suvni tuzsizlantirishda Malayziya tajribasini o‘rganish bo‘yicha vebinarlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: MGTC Malayziyaning Tabiiy resurslar, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi agentlik hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifasi iqtisodiyotda yashil texnologiyalar ulushini oshirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishdan iborat. Agentlik faoliyati Malayziyaning «Yashil texnologiyalar milliy siyosati», «Iqlim o‘zgarishi sohasidagi milliy siyosat» va «Yashil texnologiyalar bosh rejasi» siyosati bilan muvofiqlashtiriladi.

MGTC tomonidan 2005 yilga nisbatan 2030 yilgacha zarali gazlarni atrof muhitiga taʼsirini 45 foizgacha kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq, ishlab chiqarish quvvatlarida “yashil” texnologiyalar ulushini oshirgan holda 230 ming ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.