Unga koʻra, tashkilot va korxonalar tasarrufida jami 19 ta oromgohlar mavjud boʻlib, shundan 13 tasi Boʻstonliq tumanida, 1 tasi Parkent tumanida, 1 tasi Piskent tumanida, 1 tasi Ohangaron tumanida va 1 tasi Angren shahrida joylashgan.

Joriy mavsumda 5 smenada jami 9 ming 170 nafar bolalarni yozgi oromgohlarda sogʻlomlashtirish rejalashtirilgan.

Belgilangan talablarga boʻyicha bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga olib boruvchi yoʻllar, koʻpriklar ahvoli, oromgohlar atrofi oʻralgani, taʼmirlangani, yongʻinga qarshi holati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, yotoqxona, pavilyon, hojatxona, yuvinish xonalari, oshxona va tibbiyot xonasining jihozlanishi, “Maʼnaviyat-maʼrifat” xonasi, kutubxona hamda toʻgarak xonalarining tashkil etilganligi, sport maydonchalari, suzish xavzasining mavjudligi ham alohida nazoratga olingan.

Ayni paytda joylardagi “Koinot”, “Yoʻlchi”, “Yoshlik”, “Nihol”, “Gulzor”, “Sijjak” kabi 6 ta oromgoh bolalarni qabul qilishga tayyor holga keltirilgan. Bundan tashqari, “Kimyogar”, “Mettalurg”, “Buloqcha” va “Tong” oromgohlarida obodonlashtirish va jihozlash ishlari olib borilmoqda, “Boychechak”, “Kelajak”, “Yangi avlod”, “Kamalak” va “Oftobjon” oromgohlarida esa joriy taʼmirlash va pardozlash, sanitariya talablariga moslashtirish ishlari davom etmoqda. Oʻz navbatida “Humo” va “Chimyon” oromgohlarida bolalarni qabul qilish iyul oyiga belgilanganligi sababli bu yerda qurilish-taʼmirlash ishlarini oxiriga yetkazilyapti.

Bugungi kunda “Kelajak” bolalar oromgohida 100 nafarga yaqin bolalar sogʻlomlashtirilmoqda. Rejaga muvofiq qolgan oromgohlar 10-iyun kunidan keyin bolalarni qapbul qilishni boshlaydi.

Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati