Darslarni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti TVMOI OMX kafedrasi mudiri Rixsi Salixajayeva boshchiligidagi mutaxassislar olib bordi.
Oʻtkazilgan oʻquv amaliy kursida poytaxtlik mutaxassislar, Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlarining amalga oshirilish mexanizmlari, mazkur hujjatlar bandlarida keltirilgan vazifalar, uni bajarishda oʻrta tibbiyot xodimlarining roli toʻgʻrisida sirdaryolik oʻrta tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini shakllantirilishiga yorda berdi.
Oʻquv amaliyoti davomida Sirdaryolik oʻrta tibbiyot xodimlari Prezidentimizni Davlat tibbiy sugʻurta tizimini 2021-yilning 1-iyulidan 2022-yilning oxiriga qadar Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida aprobatsiyadan oʻtkazish boʻyicha bergan topshiriq va vazifalar borasidagi aniq bilim va tajribaga ega boʻldilar.
Bu esa Sirdaryoda yangitdan tajriba-sinov loyihasi asosida joriy etilayotgan, 2021-yilning 1-iyulidan 2022-yilning oxiriga qadar Sirdaryoda tajriba-sinov tariqasida aprobatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni jadallashtirish va tezlashtirishda, Davlat sugʻurta tibbiyoti tizimi hisobiga sohada samaradorlikka va yaxshi natijalarga erishishda, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirishda qoʻl keladi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.