Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, aka-uka R.B.lar fuqaro S.ning ishonchiga kirib, ularga Oʻrtachirchiq tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida vaqtincha foydalanish uchun topshirilgan 42 sotix yer maydonini 35 000 AQSH dollariga sotishni rejalashtirib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan aka-ukalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.