Unga koʻra, bir qator qonun hujjatlaridagi normalar amalga oshirishning muayyan mexanizmlari mavjud emasligi hamda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi, eskirganligi sababli qayta koʻrib chiqildi, shuningdek baʼzi normalarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.