Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi va Karmana tuman kengashi Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda tuman Madaniyat uyida “Orzular dunyosi” aksiyasi doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida ijodiy tanlov boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar oʻz asarlari, qoʻl mehnati namunalari bilan ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston XDP Navoiy viloyat kengashi matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbirda hamkor tashkilotlar, deputatlar, partiya aʼzolari va faollari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi esdalik sovgʻalari, diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.