Forumda soʻz olgan Osaka Savdo-Sanoat Palatasi hamda Osaka biznesni rivojlantirish agentligi rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun tayyor ekanliklarini maʼlum qilib, bu boradagi oʻz rejalarini bayon qildi.
Oʻzbekiston bilan uzoq yillardan beri tekstil sohasida hamkorlik qilib kelayotgan “Masui” kompaniyasi rahbari Chinori Tokia Fargʻona va Yaponiya oʻrtasida tekstil sohasida investitsiyaviy va eksport sohalarida hamkorlik boʻyicha mavjud imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan Oʻzbekiston paxtasiga boykotni bekor qilinishi natijasida Yaponiya bozorida oʻzbek tekstil mahsulotlariga katta qiziqish paydo boʻlganini qayd etdi.
Biznes-forum davomida “g2b” va “b2b” uchrashuvlari tashkil etilib, unda ishtirokchilar qoʻshma korxonalar tashkil etish va oʻzaro manfaatli savdo bitimlarini tuzishning moliyaviy-texnik jihatlarini batafsil ishlab chiqishga muvaffaq boʻldilar.