Voqea Sevilyadagi stadionda yuz bergan. Ikkinchi bo'lim boshida “Osasuna” yarim himoyachisi Lukas Torro o'yinda hisobni tenglashtirdi va klub muxlislari golni faol nishonlay boshlashdi. Himoya panjaralari olomonning olqishiga dosh bera olmadi va maydon yonida joylashgan tribunalar qulab tushdi. Ko'p muxlislar bir-birining ustiga yiqilib tushishdi.

Shifokorlar jarohatlanganlarga yordam berishlari uchun o'yin bir necha daqiqaga to'xtatildi. Bir qancha muxlislar zambilda kasalxonaga olib ketilgan. Bundan tashqari, yana bir favqulodda holat yuz berdi: tribunalardan birida chaqnash tufayli yong'in chiqdi. Tez orada yong'in o'chirildi va o'yin davom ettirildi.

“Real Madrid” Ispaniya kubogi finalida “Osasuna”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, 20 marta kubokni qo'lga kiritdi, deb xabar beradi mir24.tv.