Oʻsh shahridagi Yuridik institutga grantga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Muqaddam sudlangan firibgar tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi Oʻsh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Y. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi Oʻsh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.