Unga oʻzi Qozogʻiston Respublikasining Olma-ota shahridagi halqaro aeroporti orqali “Olma-Ota-Dubay” yoʻnalishiga chipta xarid qilib, G.M.ni Dubay shahrida kutib oladi.

Yoʻl xarajatlariga 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni sarflaganligini bildirib, G.M.ning fuqarolik pasportini olib qoʻyadi.

Vaʼda qilingan oshpazlik ishi oʻrniga Al-Ayn shahridagi ijaraga olingan uyida G.M.ni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qiladi.

Samarqand viloyati IIB Transportda JXT boʻlimi huzuridagi TB tomonidan 2017-yilning 18-may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hududiylik boʻyicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Shoʻrchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida N.A. shu yilning 25-sentyabr kuni BAAdan “Dubay-Toshkent” yoʻnalishli aviareysi orqali olib kelinib, tegishli ichki ishlar idorasiga topshirildi.

IIV Axborot xizmati