Qitʼa chempionatining ilk kuni besh nafar yunon-rum kurashchimiz medallar uchun bahslarga kirishgandi. Ulardan birgina Aram Vardanyan ilk davra bellashuvida Olimpiada chempioni va sovrindori, koreyalik Xyovngvu Kimga yutqazib, medalsiz qoldi. Qolgan toʻrt kurashchimiz bugun kechki dasturda Osiyo chempionatining medallari uchun gilamga chiqishadi.
Final:
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Nosir Alizoda (Eron)
Bronza medali uchun:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Xeokjin Jeon (J.Koreya)
-63 kg: Islomjon Bahromov – Niraj Niraj (Hindiston)
-130 kg: Moʻminjon Abdullayev – Timoti Yu Lox (Singapur)
Eslatib oʻtamiz, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, jahon chempionatining kumush medali sovrindori yarim final uchrashuvida hindistonlik Sunil Kumarni 8-0 hisobida yengdi.