Qizlarimizdan Xadichabonu Abdullayeva vakilalarimizning ishtirokini boshlab beradi. 63 kilogramm vazn taifasidagi sportchimiz tailandlik Somnuyek Panpatchara bilan jang qiladi.
Shuningdek, Odiljon Aslonov musobaqadagi ilk jangini oʻtkazadi. Bokschimizga Janubiy Koreya vakili Park Jin Xun raqiblik qiladi.
Xadichabonu jangi Toshkent vaqti bilan 17:30 dan soʻng, 80 kilogramm vaznda jang qilayotgan Odiljon bahsi esa 20:55 dan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo chempionati doirasida kuni kecha ham ikki bokschimiz ringga koʻtarilgan va eʼtiborlisi, gʻalaba qozongan edi. Xususan, 54 kilogramm vaznli bokschimiz Shahzod Muzaffarov ilk davrada pokistonlik Zakir Husaynga qarshi ringga koʻtarildi va katta ustunlik bilan 5:0 hisobida gʻalabaga erishdi. Endi Muzaffarov ikkinchi bosqichda Kambodja yoki Eron vakiliga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, Ruslan Abdullayev qozogʻistonlik raqibidan ustun kelgan.