баннер
17 Apr 2025
00:24

    Osiyo chempionatida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi aniq boʻldi

    Shu yilning 25-28-aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.

    Qayd etilishicha, qitʼamizning 30 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyuradigan sportchilari orasida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar uchun kurash olib boradi.

    Dasturga koʻra, 25-27-aprel kunlari yakkalik, 28-aprel sanasida esa aralash jamoaviy yoʻnalishda gʻoliblar aniqlanadi.

    Terma jamoamizning tarkibi esa quyidagicha:

    Erkaklar:

    • -60 kg: Bahrom Boturov
    • -66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
    • -73 kg: Shahram Ahadov
    • -73 kg: Mardon Ravshanov
    • -81 kg: Arslonbek Tojiyev
    • -90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
    • -90 kg: Nurbek Murtazoyev
    • -100 kg: Rustam Shorahmatov
    • +100 kg: Shohruh Baxtiyorov

    Ayollar:

    • -48 kg: Halima Qurbonova
    • -48 kg: Laziza Haydarova
    • -52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
    • -57 kg: Shukurjon Aminova
    • -63 kg: Marjona Nurullayeva
    • -70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
    • -70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
    • -78 kg: Marjona Koʻchimova
    • +78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
    Telegram kanalimiz
    Text to speech