Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va TIF milliy banki tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining umumiy qiymati $200 mln.ga teng kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan (22.04.2020 yildagi PQ-4691-son qaror).
OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65%, OIIBning 0,25% boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25% kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinadi.
Mablagʻlar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash va oʻz faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq хoʻjaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
TIF milliy banki OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi boʻyicha qarz oluvchi va kredit mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro organi hisoblanadi.
TIF milliy bankiga OIIBning jalb qilingan mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq хarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini toʻlash va boshqa хarajatlar boʻyicha toʻlovlar oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etildi.