Osiyo ochiq chempionatida terma jamoamiz vakillari 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

    Joriy yilning 7-10-sentabr kunlari Livanning Bayrut shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqada terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Vakillarimiz 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza – jami 11 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 22 davlat orasida 2-o‘rinni egalladi.

    G‘olib sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib keldi.

    Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari xodilari va keng jamoatchilik katta tantana bilan kutib oldi.