Eslatib oʻtamiz, Shahnoza Mirziyoyeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, World Aquatics Byurosi aʼzosi hisoblanadi.
Aynan uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilib, sport orqali reabilitatsiya qilish jarayoni yanada rivojlanmoqda, ayniqsa, nogironligi boʻlgan ayollar va qizlarning adaptiv sportdagi ishtirokini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shuningdek, Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo miqyosida ham parasportni rivojlantirish, davlatlar oʻrtasida hamkorlik va inklyuziv sport dasturlarini qoʻllab-quvvatlashga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Uning tashabbuslari tufayli mintaqada adaptiv sport infratuzilmasi rivojlanib, koʻplab yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.








