Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Abdulla Murshed Rashed boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Tashrif dasturi doirasida viloyat hokimligida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda paralimpiya harakatiga davlat miqyosida eʼtibor qaratilayotganligi, uning natijasi oʻlaroq, sportchilarimiz yildan-yilga yuqori natijalarga erishib kelinayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Majid Rashed boshchiligidagi delegatsiya tashrif doirasida Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Imom al-Moturidiy ziyoratgohi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Shohi Zinda majmuasi va Hazrati Xizr masjidi kabi koʻplab qadamjolarni ziyorat qilishdi.