Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Investitsiyalar 10 Avgust 2022 1508

    Joriy yil 9-avgustda Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov, “Maxsustrans” DUK rahbari Sanjar Umatov va Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 30 gektar maydonda zamonaviy talablar asosida qurilayotgan Chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilish poligonida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

    Shuningdek, Yangihayot tumanida qurilishi rejalashtirilgan Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻuvchi avtotransportlar uchun avtoturargohni barpo etishga qaratilgan va boshqa loyihalar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.