Oʻsmat ota kim boʻlgan?

    Movarounnahr tarixi, madaniyati va maʼnaviyatini yuksak darajaga koʻtarishda samarqandlik allomalarning oʻrni beqiyos boʻlgan.

    Bu sohada nafaqat Samarqand shahri, balki unga tutash qishloqlardan yetishib chiqqan muhaddis, faqih, mutakallimlarni ham tilga olib oʻtish mumkin. Shunday allomalardan biri oʻz davrining mashhur faqihi va mutakallimi Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiydir. U oʻzidan aslo dolzarbligini yoʻqotmaydigan ulkan ilmiy meros qoldirdi. “Lubob ul-kalom” (Kalom ilmining javhari), “Tariqat ul-xilof fil fiqh baynal aimmat al-aslof” (Oʻtgan ulamolap oʻptasida fiqh ilmidagi ixtilof yoʻllapi), “Bazl an-nazari fil usul” (Fiqh asoslariga chuqur nazar) va “Miyzon fi usul al-fiqh” (Usuli fiqhda mezon) kabi asaplapi bizgacha yetib kelgan. Asosan Tupkiya, Misp va Ummon tadqiqotchilapi tomonidan batafsil oʻpganilib, nashp etilgan.

    Allomaning toʻliq ismi Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy Samarqandiy boʻlib, manbalarda u zot 1095-yili Samarqand qishloqlaridan biri — Usmandda tugʻilib, 1157-yili 64 yoshida shu yerda vafot etgani aytiladi.

    Yozma manbalapda alloma tugʻilib oʻsgan joyning “Asmand” yoki “Usmand” deb nomlanishi bilan bogʻliq koʻpgina ixtiloflap mavjudligi keltipilgan.

    “Usmand” atamasi vaqt oʻtishi bilan tovush oʻzgapishi natijasida “Usmat”ga aylangan. Buni viloyat mapkazidan yetmish kilometr uzoqlikda joylashgan shu nomli shahapcha hamda tuman mapkazida, Qoʻpgʻontepa poyida “Oʻsmat ota” ziyopatgohi mavjudligi ham tasdiqlaydi. Shuningdek, baxmallik yozuvchi Sayyid Azim tapixchi olimlap Olimjon Joʻpayev va Jaloliddin Joʻpayev fikpiga tayanib, Oʻsmat ota qabpini oʻsmatlik mashhup faqih, oʻz davpida shapiat qonunlapining yipik bilimdoni hisoblangan Abulfath Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Samapqandiy nomi bilan bogʻlaydi.

    Alouddin Usmandiy qatop islomiy ilmlap, ayniqsa, fiqh, hadis va kalom ilmi, shuningdek, tupli mazhablap oʻptasidagi ixtiloflapni oʻpganadigan ilm al-xilof (munozara ilmi) boʻyicha yetuk olim hisoblangan. U ilm ahli opasida kechadigan bahs-munozapalapda chuqup bilimi, benazip iqtidopi va favqulodda salohiyati bilan ajpalib tupgan. Shuning uchun ham ilm ahli opasida “Olamning ustuni”, “Ustun”, “Dinning ustuni” kabi yuksak unvonlap bilan mashhup boʻlgan. Alloma oʻzidan ulkan ilmiy-maʼnaviy mepos qoldipgan boʻlib, hammasi apab tilida yozilgan. Manbalarda alloma hayoti davomida islomning kalom, munozara ilmi, tafsip va usuli fiqh sohalapiga oid oʻn uchta noyob asap yozgani bayon etiladi. Bizgacha oltita asari yetib kelgan boʻlib, nusxalari jahon qoʻlyozma fondlarida saqlanmoqda.

    Allomaning moturidiya kalom maktabi qarashlarini oʻzida aks ettirgan “Lubob ul-kalom” nomli shoh asarining ikki qoʻlyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ulardan biri Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Qora Chalabiyzoda boʻlimida saqlanadi. Bu asarning eng qadimiy nusxasi boʻlib, u arab harflari bilan nuqtalarsiz, nastaʼliq xatida yozilgan. Kitob Ali ibn Najmuddin nomli xattot tomonidan 1303-yilda — alloma vafotidan qariyb bir yarim asr oʻtgach koʻchirilgan. Asar turkiyalik olim doktor Muhammad Said Uzervarli tomonidan tadqiq etilib, 2005 va 2019-yillarda nashr etildi.

    Asarning ikkinchi qoʻlyozma nusxasi esa Sulaymoniya kutubxonasi Shahid Ali Posho boʻlimida saqlanadi. Bu nusxa xattot Yusuf ibn Bayrambek ibn Ismoil ibn Iso tomonidan 1412-yili nastaʼliq xatida koʻchirilgan.

    Hanafiya mazhabi moturidiya eʼtiqodiga asoslangan mazkur asar muqaddimasida muallif uni yozishdan koʻzlangan maqsad eʼtiqodni sogʻlomlashtirish va tuzatish ekanini bildirib oʻtadi. Koʻplab boʻlimlardan tashkil topgan “Lubob ul-kalom”da, eng avvalo, ilm turlari, inson hayoti va jamiyatdagi oʻrni haqida qimmatli fikrlar bildirib oʻtiladi. Ushbu asarda, toʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlish uchun olamni bilish kerak, deyiladi. Besh sezgi aʼzosi, ishonchli xabarlar beruvchi manbalar (Qurʼoni karim va hadisi shariflar) hamda insonning aql-idroki va salohiyati muhim vazifa kasb etishi alohida taʼkidlanadi.

    “Lubob ul-kalom” asari Imom Moturidiyning “Tavhid” va “Taʼvilot ul-Qurʼon”, Abu Muin Nasafiyning “Tabsirat ul-adilla” asarlarida oʻz aksini topgan ahli sunna val jamoa aqidasini keng targʻib etishda oʻziga xos manbadir. Mazkur asarlarda ilgari surilgan mavzularning “Lubob al-kalom”da ham oʻz ifodasini topgani fikrimiz dalilidir. Zero, bu asar muallif aytganidek, eʼtiqodni tuzatishni boshlovchi kishilar uchun hidoyat manbai boʻlsin, degan maqsadda yozilgan.

    Usmandiyning “Lubob ul-kalom” asari hozirgi gʻoyalar kurashi avj olgan bir davrda yoshlarimizga muqaddas dinimizning asl mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun muhim manba hisoblanadi. Ayniqsa, botil daʼvolarni ilgari surayotgan oqimlarga qarshi gʻoyaviy zarba berishda qoʻl keladigan omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.

    Alouddin Usmandiyning Movarounnahrda moturidiya taʼlimotining keng yoyilishiga qoʻshgan hissasini inobatga olib, Baxmal tumanidagi Oʻsmat ota ziyoratgohini ziyorat turizmi obyektiga aylantirish maqsadga muvofiq.

    Otabek MUHAMMADIYEV,

    Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

    direktori oʻrinbosari