Oʻsmir dzyudochilarimiz Osiyo kubogida tengsiz boʻldi

    Shu kunlarda poytaxtimiz dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda.

    Qayd etilishicha, 8 ta mamlakatdan tashrif buyurgan musobaqada oʻsmirlar oʻrtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi.

    Bahslar yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 10 ta oltin, 10 ta kumush va 18 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi boʻldi.