“Osmondagi qiz” badiiy fil`mi suratga olinadi

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Yoshlik" kinostudiyasi DUK tomonidan “Osmondagi qiz” murakkab postanovkali badiiy fil`mini suratga olishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

    Ushbu fil`m poytaxtimizdagi "Tashkent city" majmuasining qurilishi va unda ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargizaning hayot yo'li haqida hikoya qiladi.

    Fil`m postanovachi rejissyori Anvar Madraimov, stsenariy mualliflari Adil` Koptan va Yan Milenin, badiiy rahbar Rashid Malikov.

    Poytaxtliklar va poytaxt mehmonlarining ko'pchiligi "Tashkent City"ning katta taassurot uyg'otadigan bu qurilishiga qarab, bunchalik ulkan loyihani amalga oshirish naqadar qiyin ekanligi haqida o'ylab ko'rmagan bo'lsa kerak. Mislsiz vazifalar va katta mehnat talab etadigan bu maskanda tashabbuskor yoshlar, g'ayratli va mehnatsevar mutaxassislarning fidoyi mehnati mujassam. Fil`m qurilish ishtirokchilarining fidokorligini namoyon etib beradi hamda tomoshabinlarga "Tashkent City"ning asl ko'lamini anglatib, uni to'liq his etishga yordam beradi.

    Shuningdek, fil`m yurtimizda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini ko'rsatib beradi.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati