2019 yil 21 noyabr` kuni soat taxminan 14:30 da fuqaro 59 yoshli e.H. sud tomonidan o'ta xavfli retsidivist deb topilgan bo'lishiga qaramasdan, bundan o'ziga tegishli xulosa chiqarmay ahloqan tuzalish yo'liga kirmasdan takroran o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar Islom Karimov ko'chasi 146/15-uyga kirish darvozasi ochiqligidan foydalangan holda ushbu uyga g'ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro SH.I. ga tegishli bo'lgan narxi 2 000 000 so'mlik oq rangli ikki bosh qo'ylarini yashirin ravishda o'g'irlab hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo'yicha IIO FMB  huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan e.H. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi (o'ta xavli retsidivist tomonidan sodir etilgan o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Dastlabki tergov jarayonida e.H. ga ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

2020 yil yanvar` oyida jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Buxoro shahar sudining 2020 yil 10 fevral` kunidagi hukmiga ko'ra, fuqaro e.H. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati