Joriy yil 2-may soat 19:30 larda, Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani hududidan o‘tgan 4K 920V avtomobil yo‘lining 6-kilometrida 34 yoshli haydovchi «Neksiya» rusumli transport vositasida YTH sodiri etgan.

U boshqarib ketayotgan avtomashinasi boshqaruvni yo‘qotib, chap tomonda, yo‘l chetida turgan 13 yashar piyodani urib yuborib, so‘ngra daraxtga borib urilgan.

Natijada, voyaga yetmagan piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Haydovchi  esa tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.