Moskvaning “Spartak” klubi bosh direktori Evgeniy Melejikov jamoaning yarim himoyachisi Oston O'runov bilan amaldagi kelishuv bekor qilinishini tasdiqladi.

— Ushbu haftada uni taklif qilganman, gaplashib olamiz. O'ylaymanki, kelishuv bekor qilinadi. Hozirda u jamoamizning yoshlar tarkibi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda, — deydi E. Melejikov.

Sal avvalroq matbuotda o'zbekistonlik 21 yoshli futbolchining “Spartak” bilan shartnomasi muddati 2025 yilgacha bo'lib, oylik maoshi 50 ming evro ekanligi,  kelishuvni bekor qilish uchun Oston klubdan 2 million evro so'rayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.