Futbol bo'yicha Rossiya prem`er ligasining 6-turida “Spartak” Tulaning “Arsenal” klubiga qarshi bahs yuritdi.

Dastlab "Arsenal" futbolchisi Xlusevich hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim yakuniga qadar moskvaliklar bunga 2 ta to'p bilan javob qaytara oldi. “Qizil-oqlar” tarkibida Aleksandr Sobolev va Samuel` Jigo gol muallifiga aylandi.

Qayd etish joizki, bu o'yinda o'zbekistonlik futbolchi Oston O'runov o'z debyutini nishonladi. 69-daqiqada maydonga tushgan Oston o'yin so'ngiga qadar o'zining faol harakatlari bilan ajralib turdi.

Mazkur g'alabadan keyin “Spartak” ochkolarini 14 taga etkazib olgan holda RPLda peshqadamga aylandi.