Yekaterinburgning “Ural” klubi hamyurtimiz Oston Oʻrunov bilan shartnomani bekor qilganini bildirdi.
Klub rasmiy saytida aytilishicha, jamoa rahbariyati va Oston ikki tomonlama rozilik bilan amaldagi kelishuvni bekor qilgan. Endi Oʻzbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi erkin agentga aylandi.
Qayd etish lozimki, Oʻrunov shu yilning sentyabr oyida Moskvaning “Spartak” bilan xayrlashib, “Ural” bilan shartnoma imzolagandi.