Oston rasman “Spartak”ka oʻtgan boʻlsada, negadir unga ishonchsizlik bildirildi. Shu bois “Ufa” jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Xoʻsh, O. Oʻrinov yangi mavsumda qaysi jamoa safida maydonga tushadi?
“RB Sport” tarqatgan xabarda aytilishicha, oʻzbekistonlik 20 yoshli futbolchi yangi mavsumni “qizil-oqlar”ning asosiy emas, ikkinchi jamoasi tarkibida boshlaydi.
“Spartak-2” Rossiya chempionatining ikkinchi divizionida qatnashadi va u divizionda chempionat 10-iyulda start oladi.