Sinoptiklarning xabar berishicha, 17-aprel kuni Ostonada havo bulutli boʻladi, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, yaxmalak hosil boʻladi.
Shamol shimoli-sharqdan shimoli-gʻarbga oʻtib 9-14 tezlikda, kechasi 15-20 m/s tezlikda esadi.
Ayni damda poytaxtda qor yogʻishi davom etmoqda, shamol esmoqda.
Sinoptiklarning xabar berishicha, 18-19-aprel kunlari poytaxtda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Havo harorati +5...+7 darajagacha koʻtariladi. Shamol tezligi sekundiga 7-12 metrga yetadi.
Ostonada uch kun davomida 37,6 millimetr yogʻingarchilik kuzatildi. Shu bilan birga, oylik yogʻingarchilik darajasi 22 millimetrni tashkil qildi.
Ostona xalqaro aeroportida toʻrtta uchib kelish va toʻrtta uchib ketish reyslari kechiktirildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.