Konferensiyada Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi D.Abdurashidov ishtirok etib, tadbir doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qator uchrashuvlarda qatnashdi.
Davlat xizmati boʻyicha Ostona xabi Boshqaruv qoʻmitasi raisi A.Baymenov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, birgalikda seminarlar va ilmiy konferensiyalar tashkil qilish va ishtirok etish, davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish hamda davlat xizmatini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb qilishga koʻmaklashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida Qozogʻiston Respublikasi Davlat xizmati masalalari boʻyicha agentligi raisi oʻrinbosari A.Sergaziyeva bilan boʻlib oʻtgan muloqotda ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, davlat fuqarolik xizmatida AKTni joriy qilish va raqamlashtirish sohasida oʻquv dasturlarini tashkil qilish orqali tajriba almashish xususida fikr almashildi.